Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Uitkoff Putinni noto‘g‘ri tushunganmi?

Uitkoff Putinni noto‘g‘ri tushunganmi?

Bild nashri Ukraina va Germaniya hukumat manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Moskvadagi muzokaralar chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifini noto‘g‘ri anglagan bo‘lishi mumkin.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Putin go‘yoki Zaporojye va Xerson viloyatlaridan voz kechishga tayyorligi, faqat Donbassdan ukrain qo‘shinlari chiqarilishini talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo Bild manbalariga ko‘ra, bu xulosa Uitkoffning tushunmovchiligiga asoslangan.

Manbalarning aytishicha, Putin muzokarada Ukraina qo‘shinlarining Zaporojye va Xerson viloyatlaridan "tinch yo‘l bilan chiqishi"ni nazarda tutgan, Uitkoff esa buni Rossiya qo‘shinlarining chiqishi sifatida qabul qilgan.

Haqiqatda esa Putin Donesk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlarini to‘liq nazorat qilish niyatidan qaytmagan. U faqat energetik ob’ektlar va orqa shaharlarga hujumlarni to‘xtatishni taklif qilgan, ya’ni to‘liq otashkesim emas, balki qisman urush harakatlarini to‘xtatish haqida so‘z borgan.

Bild manbalariga ko‘ra, AQSh esa front bo‘yicha vaziyatni muzlatish, ayrim sanksiyalarni bekor qilish va Rossiya bilan iqtisodiy kelishuvlar ustida ishlashni taklif qilgan, ammo Kreml bu taklifni rad etgan.

Muzokaralardan so‘ng AQSh rasmiylari Yevropa ittifoqi davlatlari bilan telefon orqali maslahatlashuv o‘tkazgan. Yevropaliklar esa AQShning muzokara mohiyatini to‘liq tushunmayotganidan xavotir bildirishgan.

Shu bilan, Uitkoffning noto‘g‘ri tushunchi orqali bergan signali G‘arbda tushunmovchiliklarga sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 14:31 10.08.2025. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!