Yaponiyalik bokschi Xiromasa Urakava 28 yoshida ringda olgan jarohatlari tufayli vafot etdi.
Bu haqda Jahon boks tashkiloti matbuot xizmati xabar berdi.
Urakava Tokioda vatandoshi Yodzi Sayto bilan bo‘lib o‘tgan mushtlashuvdan so‘ng vafot etdi. Sayto sakkizinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Avvalroq, ushbu turnirda ham ishtirok etgan yaponiyalik yana bir bokschi - 28 yoshli Sigetosi Kotari vafot etgani ma’lum bo‘lgandi. U subdural gematoma tufayli shoshilinch operasiya qilingan, biroq keyinroq olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Urakava 10 ta g‘alaba (7 tasi nokaut bilan) va 4 tasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. 2024 yil aprel oyida u Kotari bilan jang qilib, g‘alaba qozongandi.