Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Putin hech qachon Zelenskiy bilan muzokara stoliga o‘tirmasligini aytdi

A A A
Putin hech qachon Zelenskiy bilan muzokara stoliga o‘tirmasligini aytdi

Prezident Tramp buni o‘zgartirishi kerakligini ta’kidlamoqda, dedi AQSh vise-prezidenti.

Jey Di Vens Fox News telekanaliga bergan intervyusida jurnalistning Tramp va Putin o‘rtasida Alyaskada bo‘lib o‘tadigan muzokaralar haqidagi savollariga javob berdi.

AQSh vise-prezidentining boshqa bayonotlari:

◾️ Hozir AQSh uch yetakchining bir joyga to‘planib, Ukraina mojarosini tugatish masalasini muhokama qilishini rejalashtirmoqda;

◾️ Vashington Rossiya–AQSh sammitidan oldin Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi muloqot samarali bo‘lmaydi degan fikrda;

◾️ Putin va Tramp o‘rtasidagi bo‘lajak muzokaralar Amerika diplomatiyasi uchun muhim yutuqdir;

◾️ Ukraina bo‘yicha muzokaralarning muvaffaqiyatiga Trampning ishonchi komil emas, ammo prezident Kiyev va Moskvaga imkon berish zarur deb hisoblaydi;

◾️ AQSh Ukrainadagi mojaroni frontdagi hozirgi to‘qnashuv chizig‘ini hisobga olgan holda hal qilishga intilmoqda;

◾️ Vashington Ukraina va Zelenskiy bilan ochiq muloqotni davom ettiradi;

◾️ Qo‘shma Shtatlar har ikki tomonga ma’qul bo‘ladigan yechim topishga urinmoqda;

◾️ AQSh Ukrainadagi urushni moliyalashtirishni tugatmoqda va bu mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishni istaydi;

◾️ Agar yevropaliklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olib, Amerika ishlab chiqaruvchilaridan qurollar sotib olishni istashsa, AQSh bunga qarshi emas, lekin Vashington bunga mablag‘ ajratmaydi;

◾️ Prezident Donald Tramp Rossiya neftini xarid qilayotgani uchun Xitoyga qarshi bojlar joriy etishni o‘ylamoqda, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Kiritildi: 22:15 10.08.2025. O'qildi: 3895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!