AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni uchrashuv uchun aynan Alyaskaga taklif qildi. Bu qarorning ortidagi sabablar haqida BILD nashri jurnalisti Marius Kirmayer tahlil berdi:
Alyaskadagi eng yirik shahar — Ankoridj — Moskvadan 7 000 km, Vashingtondan esa 5 500 km masofada joylashgan. Bu uni AQSh va Rossiya poytaxtlariga nisbatan yaqinroq joylashgan alternativaga aylantiradi. Bundan tashqari, u Beringov proliviga yaqin bo‘lib, Rossiya va AQShni ajratib turuvchi strategik nuqta hisoblanadi.
Tramp uchun Alyaska — «o‘z uyida» xalqaro siyosiy ta’sirga ega uchrashuv o‘tkazish imkoni.
Alyaska aholi kam bo‘lgan hudud. Yirik megapolislar yo‘q, bu esa potensial norozilik namoyishlari va xavf-xatarlarni kamaytiradi. Hududda kerakli harbiy va xavfsizlik infratuzilmasi mavjud bo‘lib, katta nazoratni ta’minlash mumkin.
AQSh va shu jumladan Alyaska — Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (MUS) tarkibiga kirmaydi. Demak, Alyaskada Putinga nisbatan Xalqaro sud chiqargan qamoqqa olish buyrug‘i amal qilmaydi. Bu esa uchrashuvni yuridik muammolarsiz o‘tkazish imkonini beradi.