Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Vyetnam delegasiyasi MIB hamkasblari bilan hamkorlik qilish masalasida yurtimizga tashrif buyurdi

Vyetnam delegasiyasi MIB hamkasblari bilan hamkorlik qilish masalasida yurtimizga tashrif buyurdi

Joriy yilning 7-8 avgust kunlari Vyetnam Sosialistik Respublikasi Adliya vazirligining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlarini ijro etish departamenti bosh direktori Nguyen Txang Loy boshchiligidagi delegasiya O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Vyetnam Sosialistik Respublikasi Adliya vazirligining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlarini ijro etish departamenti o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek ikki davlatning majburiy ijro xizmatlari o‘rtasida ustuvor yo‘nalishlar va istiqbolli rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokamasi hisoblanadi.

Dastlab, Bosh prokuraturada mehmon delegasiya vakillari Majburiy ijro byurosi vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazilib, unda yumamlakatimizda tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

So‘ngra, xorijiy delegasiya a’zolari «Prokuratura tarixi» muzeyiga tashrif buyurishdi.

Shuningdek, Vyetnam Sosialistik Respublikasi Adliya vazirligining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlarini ijro etish departamenti delegasiyasi a’zolari Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limiga tashrif buyurib, u yerda davlat ijrochilarining ijro hujjatlarini ijro etish sohasidagi faoliyati, shuningdek bu borada tizimga joriy qilingan raqamlashtirish jarayonlari hamda ilg‘or tajriba va islohotlar bilan yaqindan tanishishdi.

Bundan tashqari, Vyetnam Sosialistik Respublikasi Adliya vazirligining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlarini ijro etish departamenti bosh direktori Nguyen Txang Loy tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek jarayonlarni raqamlashtirish tufayli erishilayotgan natijalar yuksak baholandi.

Tadbir doirasida, Vyetnam Sosialistik Respublikasi Adliya vazirligining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlarini ijro etish departamenti delegasiyasi a’zolari bilan uchrashuvlar davom ettirilib, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” AJ vakillari ishtirokida mamlakatimizda mol-mulklarni “E-Auksion” elektron onlayn-savdolari orqali sotish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilg‘or islohotlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashishdi.

Kiritildi: 13:30 09.08.2025. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!