Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Andijon shahrida elektr enegiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ qo‘lga tushdi

Andijon shahrida elektr enegiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ qo‘lga tushdi

"O‘zenergoinspeksiya" Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan "G. T." MCHJ tomonidan elektr enegiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra ushbu MCHJga qarashli 2 ta tekstil mahsulotlarga aksessuarlar ishlab chiqarish va matolarga gul bosish sexi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 4 milliard 651 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:30 09.08.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!