Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
"Xonobod shahrida o‘tkaziladigan “Dunyo Sadolari” xalqaro musiqiy festivali munosabati bilan, 2025 yilning 15-16-17 avgust kunlari, Xonobod shahriga olib boruvchi Davlat ahamiyatiga moliq D-138 avtomobil yo‘lining 0-45 km.lari(Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlari)da hamda M-41 avtomobil yo‘lining 576-585 km.lar oralig‘i(Xonobod shahri)da soat 15:00dan 24:00ga qadar N2, N3 toifali yuk avtomobillari, qishloq xo‘jaligi va maxsus texnikalari uchun harakat to‘liq cheklananishini ma’lum qilamiz.
Fuqarolarimizdan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, shu kuni vaqtinchalik aylanma yo‘llardan harakatlanishlari tavsiya etiladi!" - deyiladi viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati bayonotida.