Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar xalqaro terrorchilik tashkilot a’zolarini qo‘lga oldi

O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar xalqaro terrorchilik tashkilot a’zolarini qo‘lga oldi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Rossiya Federasiyasi Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbirlar natijasida Rossiya Federasiyasida 7 nafar va O‘zbekiston hududida 2 nafar xalqaro terrorchilik tashkilot a’zolari qo‘lga olindi.

Mazkur shaxslar Rossiya Federasiyasi hududida bo‘lgan vaqtida diniy ekstremistik oqim ta’siriga tushib, xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etgan va o‘z saflarini turli davlatlardan kelgan mehnat muhojirlarini yollash hisobidan kengaytirish bilan shug‘ullangan.

Ular yashirin yig‘ilish tashkil etib, Telegram messenjeri orqali videokonferensiya yo‘li bilan “umumjahon xalifaligi” deb ataluvchi doktrina asosida tizimli o‘qitish va terrorchilik tashkilotiga jalb qilish ishlari amalga oshirilgan. Ularning bu faoliyati horijdagi g‘oyaviy maslakdoshlari tomonidan muvofiqlashtirib borilgan.

To‘plangan materiallar asosida Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan ularga nisbatan terroristik tashkilot faoliyatini tashkil etish va unda ishtirok etish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

DXX tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan faol tadbirlar natijasida aynan shu jamoatning yana 2 nafar a’zosi qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, bu shaxslar ham Rossiyadagi yashirish jamoat a’zolari tomonidan telegram messenjerida tashkil etilgan virtual guruhlarga a’zo bo‘lib, XTT ning aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan va amaldagi siyosiy tuzumni konstitusiyaga zid ravishda o‘zgartirishni targ‘ib qiluvchi materiallarini tarqatib kelgan.

Shuningdek, ularning yashash xonadonlari ko‘zdan kechirilganda, 4 ta uyali aloqa vositasi, 3 dona ekstremistlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan adabiyotlar, 2 ta flesh xotira va 1 ta horijiy davlatga tegishli bo‘lgan sim karta daliliy ashyolar sifatida olindi hamda ekspertizadan o‘tkazish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi.

Hozirda hibsga olingan shaxslarga nisbatan tergov va tergovga qadar harakatlar olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:09 09.08.2025. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!