Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy sertifikatlash tizimi bekor bo‘ladi

Oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy sertifikatlash tizimi bekor bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi atroflicha muhokama qilindi. Qonun oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, prinsiplari va davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilaydi.

Hujjatga ko‘ra, sanitariya choralari, qoidalar va normalarni ishlab chiqish va joriy etish xalqaro talablar va Jahon savdo tashkiloti qoidalariga uyg‘unlashtiriladi. Shu bilan birga, qonun sohada davlat boshqaruvi va nazorat tizimini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirishni nazarda tutadi.

29 iyul kuni bo‘lib o‘tgan muhokamada bolalarga tavsiya etilmaydigan mahsulotlarning reklama usullari to‘g‘risidagi modda qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan edi. Mas’ul qo‘mita taklif va e’tirozlarni inobatga olgan holda loyihani takomillashtirdi.

Qonunga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, qadoqlash, orash, tamg‘alash, saqlash, tashish va sotishga qo‘yiladigan umumiy talablar hamda bu sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yildi. Shuningdek, elektron reestr joriy etilib, mahsulot muomalasini to‘liq nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.

Yangi tartibga binoan, mahsulotda «eng maqbul iste’mol muddati» yoki «yakuniy iste’mol muddati» ko‘rsatilishi shart bo‘ladi. Ortiqcha byurokratik jarayonlar bekor qilinib, sanitariya-epidemiologiya xulosasi, veterinariya guvohnomasi va moslik sertifikatini majburiy rasmiylashtirish talabi olib tashlanadi.

Kiritildi: 16:34 05.08.2025. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!