Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Andijondan perevalgacha bo‘lgan yo‘nalishda barcha metan zaprafkalar yopiq(mi)?

Andijondan perevalgacha bo‘lgan yo‘nalishda barcha metan zaprafkalar yopiq(mi)?

Vodiydan Toshkentga olib boruvchi yo‘nalishdagi barcha “metan zaprafkalar” uzluksiz ishlamoqda.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Andijondan perevalgacha bo‘lgan yo‘nalishda barcha metan zaprafkalar yopiq” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Bugun, 5 avgust kuni soat 09:30 dan 11:14 gacha Pop tumanidagi 4 ta metan zaprafkani elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmog‘ida rejali ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Shu vaqt mobaynida qisqa fursatga 4 ta metan zaprafkaning faoliyati to‘xtagan.

Ta’mirlash ishlari belgilangan tartibda metan zaprafkalar bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.

Ayni paytda Vodiydan Toshkentgacha bo‘lgan yo‘nalishdagi barcha metan zaprafkalar to‘liq quvvatda va uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 14:38 05.08.2025. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!