Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’ekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi belgilandi

Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’ekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (475-son, 30.07.2025 y.) bilan “Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’ekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’ekti raqami ko‘rsatkichlarining shakli, o‘lchamlari hamda ularni tayyorlash va o‘rnatish tartibini belgilaydi.

✅ Ko‘rsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:

🔹 1-toifa – poliyetilentereftalat, poliyetilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali ko‘rsatkich;

🔹 2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali ko‘rsatkich;

🔹 3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan ko‘rsatkich.

📝 Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa ko‘rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar, 2-toifa ko‘rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va 3-toifa ko‘rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarda o‘rnatiladi.

🚫 Ko‘rsatkichda ko‘chaning nomi qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kiritildi: 12:46 31.07.2025. O'qildi: 551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!