Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilarni dam olish maskanlariga qabul qilish tartibi belgilandi

Pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilarni dam olish maskanlariga qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (474-son, 29.07.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko‘ra, maskanlarga yo‘llanmalar yil davomida berilib, u yerda dam olish 12 kunlik kun tartibi asosida amala oshiriladi.

⏳ Dam olish har yili quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

🔹 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Vazirlik) tizimi xodimlari va ilg‘or pedagoglar uchun – sentyabr-may oylarida;

🔹 iqtidorli o‘quvchilar uchun – iyun-avgust oylarida.

🏛 Har bir hududda maskanlarga dam oluvchilarni saralash uchun komissiyalar tashkil etiladi.

✔️ Komissiyalar tomonidan maskanlarga 7-14 yoshli iqtidorli o‘quvchilar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi.

📜 Shuningdek, dam olish maskaniga quyidagi ilg‘or pedagoglar tanlab olinadi:

▪️ xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
▪️ o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
▪️ xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar;
▪️ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
▪️ respublika bosqichidagi ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
▪️ oliy va 1-malaka toifasiga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari;
▪️asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar.

🔗 Belgilangan mezonlar bo‘yicha dam oluvchilarga ketma-ketlik asosida yo‘llanmalar beriladi.

Kiritildi: 12:32 31.07.2025. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!