Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Bilimlarni baholash agentligi abituriyentlarga fanlarni tanlashda muhim eslatmani taqdim etdi

Bilimlarni baholash agentligi abituriyentlarga fanlarni tanlashda muhim eslatmani taqdim etdi

Bilimni baholash agentligi test sinovlaridan keyin oliy ta’lim muassasalari va yo‘nalish tanlayotgan abituriyentlarga eslatma berdi.

Unga ko‘ra, 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

“Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

“Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Abituriyentga:

tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining istalgan biriga davlat granti asosida o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Davlat granti” ustuvorligini;

davlat granti yoki to‘lov-kontrakt bo‘lishidan qat’i nazar birinchi tanlagan yo‘nalishlariga o‘qishga kirish muhim bo‘lsa, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlash maqsadga muvofiq.

“Tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘ling” - deyiladi agentlik bergan xabarda.

Kiritildi: 23:43 30.07.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!