Isroil Knesseti spikeri Amir Oxana, Falastin davlatini tan olmoqchi bo‘lgan davlatlar uni Falastin hududida emas, o‘z poytaxtlarida tashkil etishi kerakligini aytdi.
Ma’ruza parlamentlararo ittifoq tomonidan Jenevada bo‘lib o‘tgan Oltinchi Butunjahon parlament spikerlari konferensiyasida bo‘lib o‘tdi.
“Agar siz Falastin davlatini xohlasangiz, uni Londonda, Parijda, o‘z mamlakatlaringizda tuzing”, dedi Oxana va boshqa mamlakatlardagi hamkasblaridan “tashviqotdan ko‘ra haqiqatni tanlashni” so‘radi.
“Evropaning ba’zi davlatlari tarafdori bo‘lgan tinchlik faqat yanada kattaroq urushga olib keladi. Lekin biz olib borayotgan urush tinchlikka olib keladi”, dedi Isroil davlat arbobi.
Bu bayonot Yevropa davlatlarining Falastinni tan olish bo‘yicha so‘nggi harakatlariga javob sifatida berilgan. Seshanba kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer, agar Isroil G‘azodagi gumanitar blokadani to‘xtatmasa va tinchlikka qadam qo‘ymasa, London sentyabr oyida Falastin davlatini tan olishi mumkinligini ma’lum qildi.
Avvalroq Fransiya Falastin davlatini hech qanday shartlarsiz tan olishga va’da bergan edi, Malta ham unga ergashdi. 2023 yil oktyabridan Norvegiya, Yamayka, Ispaniya, Irlandiya, Armaniston, Bagam orollari, Sloveniya, Barbados, Trinidad va Tobago allaqachon Falastinni tan olishgan, deb xabar beradi trt.global.