Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Mudofaa vazirligi tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

Mudofaa vazirligi tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

➖ General-mayor Farhodjon Shermatov O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan.

➖ Polkovnik Kadirjon Tursunov Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

➖ Polkovnik Qahramonjon Zoidov O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

➖ Polkovnik Abdulla Xamrayev O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviasiya instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

➖ Podpolkovnik Baxtiyor Rahimov O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

➖ Tibbiy xizmat polkovnigi Ulug‘bek Rasulov O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Kiritildi: 16:51 30.07.2025. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!