Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi, IIB, Bojxona hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.YU., F.Yu va boshqalar Urganch tumani, “Baxshilar” mahallasi hududidagi xonadonida qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu yashirin sexdan 1 050 litr spirt, 1 595 dona qo‘lbola alkogolli ichimliklar, 71 500 dona qalbaki “QR kod” markirovka, 45 600 dona himoya lentasi, 17 000 dona turli yorliqlar, 2 500 dona qalbaki aksiz marka va boshqa ishlab chiqarishda foydalanib kelingan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.