Viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i Rahim Tojiyev va “Samarkandyo‘lovchitrans” direktori Odiljon Abdullayev Xitoyga safari davomida Yutong kompaniyasi bilan shunday kelishuvga erishdi.
Birinchi bosqichda 80 ta, keyinroq yana 250 ta elektrobus yetkazib beriladi.
Tomonlar, shuningdek, Samarqandda elektrobuslar ishini yaxshilash, texnik nosozliklarni bartaraf etish va servis xizmatni tashkil etish masalalarini muhokama qildi.