Ellikqal’a tumanidagi Aqchako‘l suv havzasida fojiali voqea sodir bo‘lganligi haqida fuqarolardan ma’lumot kelib tushdi. Unga ko‘ra, bir oiladan uch nafar fuqaro cho‘kib ketgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida ikki nafar fuqaroning jasadi topilgan. Hozirda uchinchi shaxsni izlash ishlari davom etmoqda.
Aytilishicha, cho‘kib ketgan fuqarolar Beruniy tumanida istiqomat qilgan. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.