Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Kambag‘al oilalarda yashovchi ayollarga uy ta’miri uchun pul beriladi

Kambag‘al oilalarda yashovchi ayollarga uy ta’miri uchun pul beriladi

Vazirlar Mahkamasining “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 26 iyuldan kuchga kirdi. Qaror bilan “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan xotin-qizlarning hamda oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha bo‘lgan oilalarning uy-joyi holati sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda ta’mirlash yoki qurilish materiallarini olib berish bo‘yicha smeta ishlab chiqiladi.

Har bir uy-joyni ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallarini xarid qilish uchun tegishli tovarlarni (xizmat va ishlarni) yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan BHMning 50 baravarigacha miqdorida o‘tkazib beriladi. 1 avgustdan BHM 412 ming so‘mni tashkil etish hisobga olinsa, bu miqdor 20,6 mln so‘m bo‘ladi.

Sektorlar rahbarlari tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlari bilan birgalikda mablag‘ ajratilgan vaqtdan boshlab ta’mirlash ishlari sifatli bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi.

Shuningdek, kambag‘al oila a’zosi bo‘lgan xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan turar joy ijarasi uchun to‘lovlarning 50 foizi, lekin ko‘pi bilan BHMning 2 baravarigacha, Toshkent, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.

Kiritildi: 04:50 28.07.2025. O'qildi: 954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!