Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Antikorrupsiya agentligi “Dunyo sadolari” festivali xarajatlarini o‘rganmoqda

Antikorrupsiya agentligi “Dunyo sadolari” festivali xarajatlarini o‘rganmoqda

Joriy yil avgust oyida Andijon viloyatining Xonobod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Dunyo sadolari” xalqaro festivali uchun umumiy 6 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, ushbu mablag‘ning katta qismi – 5 milliard so‘mdan ortig‘i — xorijiy va mahalliy taniqli artistlarning gonorarlariga yo‘naltiriladi. Jumladan, tadbirda Mustafa Sandal, Arash, In-Grid, Alisha Chinay hamda Arabesque guruhi ishtirok etishi kutilmoqda.

Andijon viloyati hokimligi bu mablag‘lar “o‘zini oqlashi”ni ta’kidlagan bo‘lsa-da, jamoatchilik orasida mazkur xarajatlar yuzasidan turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shuning ortidan O‘zbekiston Respublikasi Antikorrupsiya agentligi mazkur moliyaviy harajatlar bo‘yicha o‘rganish ishlarini boshladi.

Qayd etish joiz, ushbu tekshiruvlar natijasi qanday bo‘lishi va byudjet mablag‘larining maqsadli sarflangani yoki yo‘qligi aniqlanishi jamoatchilik uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Kiritildi: 22:10 27.07.2025. O'qildi: 925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!