Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Kechki va masofaviy ta’limga tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Kechki va masofaviy ta’limga tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Davlat qabul komissiyasining qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni kechki va masofaviy ta’lim shaklida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik birlashmalar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxatga 88 ta tashkilot kiritilgan.

Bunday fuqarolar suhbat natijalariga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Nomzodlar 2025 yil 1 avgustdan 15 avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.

Suhbat jarayoni va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan alohida Nizom asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 4 mingta davlat granti kvotasi hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284

Andijon viloyati – 312

Buxoro viloyati – 180

Jizzax viloyati – 233

Qashqadaryo viloyati – 337

Navoiy viloyati – 196

Namangan viloyati – 382

Samarqand viloyati – 508

Surxondaryo viloyati – 318

Sirdaryo viloyati – 140

Toshkent viloyati – 218

Farg‘ona viloyati – 529

Xorazm viloyati – 275

Toshkent shahri – 88

Kiritildi: 23:45 26.07.2025. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!