Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Samarqandda yangi Tracker yonib ketdi

Samarqandda yangi Tracker yonib ketdi

Samarqand viloyati FVB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kecha, 25 iyul kuni soat 16:40 larda Samarqand viloyati FVBga “112” tizimi orqali, Samarqand shahar, Al-Xorazmiy ko‘chasida harakatlanib kelgan, fuqaro L.S. boshqaruvidagi Tracker-2 rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:43 da yetib borib, yong‘in soat 16:53 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 23:15 26.07.2025. O'qildi: 1157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!