2025 yilda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini tamomlagan bitiruvchilarni texnikumlarga qabul qilish muddati 10 avgustgacha (shu kuni ham kiradi) uzaytirildi. Bu haqda Davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
Bitiruvchilar 519 ta texnikumdan birida ta’lim olish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Qabul:
Kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari asosida;
Davlat granti hisobidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, 9-sinf bitiruvchilari 14 ta texnikumda tashkil etiladigan xalqaro ta’lim dasturlariga ham grant asosida qabul qilinadi. Bu dasturlarga ham hujjatlar my.edu.uz orqali 10 avgustgacha qabul qilinadi.
Onlayn ariza uchun talab etiladi:
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta ma’lumotlari;
3x4 hajmidagi fotosurat.