O‘zenergoinspeksiya Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Termiz shahrida joylashgan "X. Q. M." MCHJga qarashli qurilish materiallari omborida hisoblagichsiz tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 3 milliard 954 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.