Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Chirchiq shahri va Oqqo‘rg‘on tumanida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi

Chirchiq shahri va Oqqo‘rg‘on tumanida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K.G.” MCHJ mas’ul shaxslari “Kamalak” MFY hududidagi savdo do‘konida umumiy bahosi 41 mln so‘mlik turli nomdagi 939 dona qalbaki aksiz markali alkogol hamda tegishi hujjatlari bo‘lmagan 357 quti tamaki mahsulotlarini sotish uchun tayyorlab qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuk kabi, Departamentning Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Z.B.” MCHJga qarashli savdo do‘konidan umumiy bahosi 64 mln so‘mlik jami 1 040 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatidan olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:30 26.07.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!