Bosh prokuratura tekshiruviga ko‘ra, elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ rahbari, 11 nafar tuman boshlig‘i, 13 nafar bosh muhandis va 3 nafar dispetcher jazolandi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar:
▪️ Tarmoqlarning 26%i ta’mirga muhtoj
▪️ 90 ta podstansiyadan 9 tasini modernizasiya qilish zarur
▪️ 11 ta laboratoriya mashinasidan 6 tasi eskirgan
▪️ Xodimlar yetishmasligi - 3 yil ichida xodimlarning 30%i ishdan bo‘shatilgan, ulardan 45%i ekspluatasiya bo‘yicha mutaxassislardir.