Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Byudjetni sun’iy intellekt nazorat qiladi. Xorijda emas, O‘zbekistonda!

Byudjetni sun’iy intellekt nazorat qiladi. Xorijda emas, O‘zbekistonda!

Hisob palatasining faoliyati va ijro tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimotda so‘nggi olti oydagi audit natijalar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5,6 trln so‘m samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirilgan, 5 trln so‘mlik qo‘shimcha tushum manbalari aniqlangan. Shuningdek, “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali 4 trln so‘mlik moliyaviy kamchiliklar bartaraf etilgan.

Endilikda tizimga sun’iy intellektni joriy etish orqali kamchiliklarni keltirib chiqarayotgan omillarni ildizidan bartaraf etish vazifasi qo‘yildi. Rejalardan biriga ko‘ra sun’iy intellekt orqali byudjet nazorati kuchaytiriladi. Ya’ni, tizimdagi kamchiliklarni sun’iy intellekt aniqlaydi.

2023 yilda 12 ta vazirlikda tashkil etilgan situasion markazlar samarasi tahlil qilinib, bu yil yana 10 ta vazirlik va idorada ham shunday markazlar tashkil etilishi belgilandi. Byudjet tashkilotlarida ichki audit va nazorat tizimlarini rivojlantirish, Hisob palatasi bilan axborot almashuvini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Kiritildi: 06:12 26.07.2025. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!