Joriy yilning 6 oyi davomida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 52 ta holatda qiymati 9,5 milliard so‘mlik, og‘irligi 10,2 kilogramm zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida ushlab qolingan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,5 milliard so‘mga yoki 71 foizga ko‘paygan.