Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Bo‘stonliqdagi tog‘lar yonayotgani yo‘q — FVV

Bo‘stonliqdagi tog‘lar yonayotgani yo‘q — FVV

Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliq tumanidagi tog‘larda yana yong‘in bo‘layotganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Avval xabar berilganidek, kecha, 24 iyul kuni soat 11:16 da Toshkent viloyati FVBga, Bo‘stonliq tumani "Xo‘jakent" MFYning tog‘li hududida taxminan 2 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabbalar yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan edi.

Xabarga asosan, FVVning yong‘in-qutqaruv ekipajlari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:57 da to‘liq o‘chirilgan.

Ma’lum qilamizki, ushbu hududda yong‘in bartaraf etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda ko‘ringan tutun shox-shabba qoldiqlaridan hosil bo‘lgan.

Ayni vaqtda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan ushbu hududda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Vaziyat to‘liq nazorat ostida.

Kiritildi: 15:05 25.07.2025. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!