Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Davlat xizmatlaridan shikoyatingiz bormi? Bundan xabar berish osonlashdi

Davlat xizmatlaridan shikoyatingiz bormi? Bundan xabar berish osonlashdi

Yangi joriy etilgan xizmat orqali vakolatli organlarning davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilgan ma’muriy hujjatlari ustidan shikoyat yo‘llash tartibi soddalashtirildi. (https://my.gov.uz/uz/service/1243) Bu orqali nizolar sudgacha bo‘lgan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Arizani Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyasiya kengashi ko‘rib chiqadi.

Ariza tushgan kundan boshlab 15 kun ichida o‘rganib chiqiladi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilsa, bu muddat 1 oygacha uzaytirilishi mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Hozircha xizmat tartibini belgilovchi vaqtinchalik nizom 2026 yil 1 iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida ko‘rsatiladigan ayrim turdagi davlat xizmatlariga nisbatan qo‘llaniladi. Agar eksperiment muvaffaqiyatli o‘tsa, bu xizmat butun respublika bo‘ylab joriy etiladi.

Kiritildi: 06:13 25.07.2025. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!