Eronning "Traktor" klubi "Bunyodkor" va O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov bilan yaqindagina shartnoma imzolagan edi.
Transfermarkt internet-portali xabariga ko‘ra, Eron grandi Hamrobekov uchun "qaldirg‘ochlar"ga 500 ming yevro (7,3 milliard so‘m) to‘lagan.
Hamrobekov "Traktor" bilan 2027 yil yozigacha shartnoma imzoladi.