Milliy kompaniyalar huquqlarini himoya qilish maqsadida Xitoy rasmiylari Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 18-paketiga hal qiluvchi choralar bilan javob beradi.
Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi ma’lum qildi.
"Xitoy Yevropa tomoni Xitoy korxonalari va moliya institutlarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish haqidagi noto‘g‘ri harakatlaridan darhol voz kechishini ta’kidlamoqda", — deyiladi savdo departamenti saytida e’lon qilingan bayonotda. Xitoy Xalq Respublikasi zarur choralarni ko‘radi, biz Xitoy kompaniyalarining qonuniy huquq va manfaatlarini qat’iy himoya qilamiz”, — dedi u.