Biroq voqea tafsilotlari nomalumligicha qolmoqda.
Mashhur sport blogeri Aziz Hasanov (ijtimoiy tarmoqlarda tanilgan nomi aziz_estet) 21 iyulga o‘tar kechasi pichoqlangani haqida o‘zi xabar berdi. U shaxsiy sahifasida jarohatlangan oyog‘ining suratini joylab, holat yuzasidan qisqa izoh bilan bo‘lishdi.
"Oila tashvishini haqiqiy zimmasiga olgan erkakni hayotida hamma narsa bo‘lishi mumkin… Nasib o‘rtada qoldi. Demak, shunday bo‘lishi kerak ekan,”— deya yozgan u.
Fotosuratda Hasanovning oyog‘ida chuqur jarohat ko‘rinib, keyingi rasmda esa uning oyog‘i tibbiy bog‘lam bilan o‘ralgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda uning izdoshlari orasida xavotir uyg‘otdi. Ko‘plab izohlarda unga shifo tilab yozilgan.
Hozircha pichoqlash holati qayerda va qanday sharoitda sodir bo‘lgani, jinoyatchi yoki jinoyatchilar qo‘lga olingan-olingan emasligi haqida rasmiy ma’lumotlar berilmadi.
Ma’lumot uchun, Aziz Hasanov sportga oid kontentlari bilan mashhur bo‘lib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali ijtimoiy tarmoqlarda minglab kuzatuvchilarga ega.
Manba: Darakchi.uz