"Real" hujumchisi Endrik to‘y qildi.
Nikoh marosimi Ispaniyada bo‘lib o‘tdi.
Futbolchi va model 2023 yilning dekabr oyida uchrashishni boshlagan. Hozir braziliyalik 18 yoshda, uning sevgilisi esa 22 yoshda. Ular 2024 yil sentyabr oyidan boshlab rasman turmush qurishgan. O‘shanda ular nikohdan o‘tishgandi, lekin endigina to‘y qilishdi.
Avval xabar berganimizdek, klub munosabatlar Braziliya terma jamoasi futbolchisini futboldan chalg‘itishi mumkinligidan xavotirda.
Endrikning aytishicha, ular Gabriela bilan alohida shartnoma tuzishgan. Ular imkon qadar tez-tez "men seni sevaman" deyishga majbur.