Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

TNT Sports "Oltin to‘p"ga da’vogarlar reytingini taqdim etdi: Dembele kuchli uchlikdan chiqib ketdi

A A A
TNT Sports "Oltin to‘p"ga da’vogarlar reytingini taqdim etdi: Dembele kuchli uchlikdan chiqib ketdi

Mashhur TNT Sports portali iyul oyi o‘rtalarida 2025 yilgi "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlarning yangi reytingini e’lon qildi.

Iyun oyidagi yangilanishda peshqadamlik qilgan "PSJ"ning portugaliyalik xavbeki Vitinya ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Uzoq vaqt davomida ushbu reytingni boshqarib kelgan Parij grandi vingeri Usmon Dembele to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. O‘z navbatida, birinchi o‘ringa 18 yoshli ispaniyalik qanot hujumchisi, "Barselona" yulduzi Lamin Yamal ko‘tarildi.

"Oltin to‘p"ga da’vogarlarning to‘liq reytingi:

1. (3) Lamin Yamal («Barselona»).
2. (1) Vitinya («PSJ»).
3. (top-10'likda yo‘q edi) Koul Palmer («Chelsi»).
4. (2) Usmon Dembele («PSJ»).
5. (4) Rafinya («Barselona»).
6. (5) Nunu Mendesh («PSJ»).
7. (6) Ashraf Hakimiy («PSJ»).
8. (7) Muhammad Saloh («Liverpul»).
9. (8) Djanluidji Donnarumma («PSJ»).
10. (9) Kilian Mbappe («Real»).

Kiritildi: 09:12 18.07.2025. O'qildi: 9736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!