Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Eron har qanday shartsiz muzokaralarga rozilik bildirdi — Velayoti

Eron har qanday shartsiz muzokaralarga rozilik bildirdi — Velayoti

Eron Islom Inqilobi Oliy Rahbari Ayatulloh Ali Xomanaiyning xalqaro ishlar bo‘yicha maslahatchisi Ali Akbar Velayotining so‘zlariga ko‘ra, Tehron har qanday oldindan shart qo‘yilmagan, ammo milliy "qizil chiziqlar"ni buzmaydigan muzokaralarga roziligini bildirgan.

Bu haqda Velayoti Pokiston ichki ishlar vaziri Mohsin Naqviy bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Uchrashuv paytida Pokiston bosh vaziri va armiya qo‘mondonining Oliy Rahbarga yo‘llangan maxsus xabarini ham yetkazishdi.

Velayoti Eron va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarni "chuqur, tarixiy va aka-ukacha" deb atab, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

AQSh bilan ehtimoliy muzokaralar mavzusida so‘z yuritar ekan, Velayoti shunday dedi:

«Biz shartsiz va Islom Respublikasining qizil chiziqlariga hurmat bildiruvchi muzokaralarga qarshi emasmiz. Ular Eron uran boyitishni to‘xtatishi kerak, deb aytmoqda — bu esa bizning asosiy qizil chiziqlarimizdan biri. Agar muzokaralar shu kabi shartga bog‘liq bo‘lsa, bunday uchrashuvlar umuman bo‘lmaydi».

Velayoti shuningdek, AQSh prezidentining so‘zlarini «muvofiq kelmaydigan va ishonchsiz» deb baholadi.

Kiritildi: 18:25 15.07.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!