Elektron ruxsatnoma QR-kod ko‘rinishida rasmiylashtiriladi va vakolatli organlar tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali tekshiriladi.
Bu borada Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasi regulation.adliya.uz portalida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra, avtomototransport vositalarini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun endi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga an’anaviy qog‘ozbozlik o‘rniga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP), Davlat xizmatlari markazlari yoki maxsus mobil ilova orqali elektron ruxsatnoma olish imkoniyati yaratiladi.
Yangi tartib fuqarolarning vaqt va mablag‘ini tejashi, ortiqcha ovoragarchilikni kamaytirishi kutilmoqda.
Rejaga ko‘ra,
Qayd etish joizki, elektron ruxsatnoma QR-kod ko‘rinishida rasmiylashtiriladi va vakolatli organlar tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali tekshiriladi. Bu jarayonda YAIDXP hamda Ichki ishlar vazirligining axborot tizimlari o‘zaro integrasiya qilinadi.
Prezidentning ichki ishlar organlarini raqamli transformasiya qilishga oid qarori ijrosi doirasida tayyorlangan mazkur qaror loyihasi fuqarolar va mutaxassislar tomonidan keng muhokama qilinmoqda.