Ochiq manbalarga ko‘ra, AQSh Isroil uchun samolyot va vertolyotlar infratuzilmasini, shuningdek, boshqa harbiy ob’ektlarni qurmoqda. Bu haqda Haaretz xabar berdi.
🇺🇸 Joriy loyihalar qiymati 250 million dollardan ziyod, kelajakdagi loyihalar esa 1,5 milliard dollardan oshib ketishi kutilmoqda.
Boeing KC-46 havo tankerlarini joylashtirish uchun angarlar, ustaxonalar va omborlar qurish loyihasi — 100 mln dollardan ziyod.
CH-53K vertolyotlari uchun infratuzilma qurilishi — 250 mln dollar.
Snaryad va o‘q-dori saqlash binolari uchun qurilish tenderi — 100 mln dollar.
Yana bir tender 7 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, qiymati 900 mln dollardan oshmasligi kerak. Unda texnik xizmat, ta’mirlash, buzish va infratuzilmani yaxshilash ishlari nazarda tutilgan.
📌 Barcha loyihalar chet el harbiy mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi. Isroil har yili AQShdan 3,8 milliard dollarlik harbiy yordam oladi.
2023 yil 7 oktyabridan keyin esa mamlakat qo‘shimcha 18 milliard dollar miqdorida harbiy yordam olgan.