Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi.
Davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikasiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.
Endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administrasiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.
Muhim yo‘nalishlar loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administrasiya faoliyatida “komplayens” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.