O‘zbekistonda Osiyo tennis federasiyasi (ATF) hamda O‘zbekiston tennis federasiyasi (O‘TF) ko‘magida ATF 14&Under xalqaro turnirlar seriyasi — o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Buxoro, Qarshi, Samarqand va Toshkent kortlarida Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistondan kelgan 185 nafar yosh tennischi ishtirok etdi.