Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buxoro viloyatida yer silkinishi kuzatildi

Buxoro viloyatida yer silkinishi kuzatildi

Bugun, 2025 yil 14 iyul kuni soat 15:55 da Buxoro viloyatining Jondor tumanida 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila o‘chog‘i yer yuzasidan 15 km chuqurlikda joylashgan bo‘lib, uning koordinatalari 40,42° shimoliy kenglik va 62,99° sharqiy uzunlikda qayd etildi.

Episentrda yer silkinishi kuchi 4 ballni tashkil etgan. Shuningdek, atrofdagi hududlarda ham yer silkinishi sezildi: Peshko‘ tumanida 2-3 ball (39 km masofada), Gazli shahrida 2 ball (51 km) va Qorako‘l tumanida 2 ball (73 km). Toshkent shahridan zilzila episentri 532 km janubi-g‘arbda joylashgan.

Hozircha talofatlar haqida ma’lumot berilmadi.

Kiritildi: 16:39 14.07.2025. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!