Hukumat qarori (431-son, 12.07.2025 y.) bilan “Liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizomga ko‘ra, bino va inshootlarda o‘rnatilgan, doimiy ravishda foydalanishda bo‘lgan liftlar 12 oydan oshmagan holda kamida 1 marta majburiy davriy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
✔️ Foydalanishga topshirilgan va yangi o‘rnatilgan har qanday lift maxsus elektron axborot tizimida ro‘yxatga olinishidan avval dastlabki texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.
🏛 Dastlabki texnik ko‘rik lift pudratchisining murojaatiga binoan 10 ish kunidan kechiktirmay ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
📜 Bunda texnik ko‘rik natijalarining toifasiga qarab quyidagi ranglarda ma’lumot yorlig‘i liftga yopishtiriladi:
🟢 foydalanishga yaroqli liftga “yashil”;
🔵 qisman nosoz liftga “moviy”;
🟡 nosoz liftga “sariq”;
🔴 foydalanish uchun xavfli liftga “qizil”.
🚫 Texnik ko‘rik natijasida foydalanish uchun xavfli va qizil rangli ma’lumot yorlig‘i bilan belgilangan liftdan foydalanish taqiqlanishi lozim.