Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bugundan 2025/2026 o‘quv yili uchun test sinovlari boshlandi

Bugundan 2025/2026 o‘quv yili uchun test sinovlari boshlandi

Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha 2025/2026 o‘quv yili uchun test sinovlari boshlandi.

🗓 Test sinovlari har kuni ikki smenada o‘tkaziladi:
1-smena: 08:00 – 11:00
2-smena: 15:00 – 18:00

⏳Abituriyentlardan test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin test sinovi o‘tkaziladigan hududga quyidagi hujjatlar bilan kelish so‘raladi:

➡️ Pasport (ID-karta)ning asli
➡️ Abituriyent ruxsatnomasi

❗️Eslatma. Abituriyent:

✔️ 1-smena uchun soat 07:30 ga qadar;
✔️ 2-smena uchun soat 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tib, joy egallab bo‘lishi shart.

Kiritildi: 09:50 14.07.2025. O'qildi: 842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!