G‘azo sektoridagi vaziyat bir hafta ichida hal qilinadi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington yaqinidagi Endryu harbiy bazasida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.
"G‘azo bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda va umid qilamanki, kelasi hafta ichida kelishuvga erishamiz. Nima bo‘lishini ko‘ramiz", - dedi Oq uy rahbari Falastin anklavida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning borishi haqidagi savolga javob berar ekan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Ukrainaga qurol-yarog‘ning navbatdagi partiyasi yetkazib berilishini ma’lum qilgandi.