Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal mamlakat mudofaa vaziri bo‘lishi mumkin.
Bu haqda "RBK-Ukraina" manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Shmigal o‘rnini bosh vazir o‘rinbosari Yuliya Sviridenko egallaydi, Ukraina Mudofaa vazirligining amaldagi rahbari Rustem Umerov esa Kiyevning AQShdagi elchisi etib tayinlanishi mumkin. Nashrning yozishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar haqida allaqachon qaror qilgan.
Bundan tashqari, ayrim vazirliklar birlashishi va Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi vakolatlar qayta taqsimlanishi kutilmoqda. Shu tariqa, amaldagi bir qancha vazirlar o‘z lavozimlarini yo‘qotishi mumkin, ammo aniq nomlar hali aniqlanmagan.