Pentagon Tayvan uchun AQSh hamda Xitoy o‘rtasida urush chiqishi mumkinligi sabab Yaponiya va Avstraliya hukumatlaridan o‘z rollarini aniq belgilab olishni qat’iy talab qilmoqda, deb yozadi Financial Times. Nashrga ko‘ra, bu talablar ikki mamlakat rasmiylarini hayratga solgan.
AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Elbrij Kolbi oxirgi oylarda Yaponiya va Avstraliya mudofaa idoralari vakillari bilan uchrashuvlarda ushbu mavzuni faol ko‘tarmoqda. AQSh vakili ittifoqchilaridan majburiyat talab qilyapti, shuningdek, ular bilan XXRning Tayvanga nisbatan tahdidi oshib borayotgani fonida mudofaa xarajatlarini oshirishni muhokama qilmoqda.
Yaponiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, «Tayvan bilan bog‘liq favqulodda vaziyat»ga oid gipotetik masalani» izohlash qiyin. Ular har qanday harakatlar «konstitusiya, xalqaro huquq va milliy qonunchilikka asoslangan» bo‘lishini qo‘shimcha qilgan. Avstraliyaning AQShdagi elchixonasi izoh berishdan bosh tortgan.