Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

EI avgust oyining boshidayoq AQShga qarshi javob choralarini joriy qilishga tayyor

EI avgust oyining boshidayoq AQShga qarshi javob choralarini joriy qilishga tayyor

Agar savdo munosabatlari bo‘yicha yechim topilmasa, YEI avgust oyining boshidayoq AQShga qarshi javob choralarini joriy qilishga tayyor, deya ma’lum qildi Yevrokomissiya rahbari.

"Qo‘shma Shtatlar bizga umumiy yechim topilmasa, kuchga kiradigan choralar bayon etilgan maktub yubordi. Shuning uchun biz qarshi choralarni to‘xtatib turishni avgust boshigacha uzaytiramiz", — deya aniqlik kiritdi Ursula fon der Lyayen.

Evrokomissiya rahbarining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi hanuz 1 avgustga qadar Vashington bilan savdo bitimi tuzilishiga umid qilmoqda.

"Biroq Yevropa Ittifoqi mamlakatlari har ehtimolga qarshi javob choralariga tayyorgarlikni davom ettiradi", deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.

12 iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyaynga maktub yo‘llab, unda 1 avgustdan boshlab Yevroittifoqdan import qilinadigan barcha mahsulotlarga 30% boj joriy etilishini rasman ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 22:05 13.07.2025. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!