Bild nashri manbalariga ko‘ra, Rossiya to‘plangan resurslardan, jumladan Shimoliy Koreyadan olingan dronlar va o‘q-dorilardan foydalanib, Ukrainaga hujumlarni kuchaytirmoqchi.
"Rejada Donesk va Xarkov yo‘nalishlarida frontni yorib o‘tishga urinishlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, strategik aviasiya va Shahed dronlari orqali keng ko‘lamli zarbalar berishga alohida urg‘u qaratilmoqda. Bu harakatlar Ukraina Qurolli kuchlarini zaiflashtirish va ehtimoliy muzokaralar oldidan ularni charchatishga qaratilgan strategiyaning bir qismi sifatida baholanmoqda", deyiladi Bild xabarida.
Ta’kidlanishicha, Ukraina havo mudofaasini shoshilinch ravishda kuchaytirishga va ittifoqchilarining qo‘shimcha yordamiga muhtoj, aks holda u Rossiyaning yangi tajovuz to‘lqiniga qarshi turishda qiynaladi.