Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Boku shahrida Suriya va Isroil rasmiylari uchrashuv o‘tkazdi

Boku shahrida Suriya va Isroil rasmiylari uchrashuv o‘tkazdi

Ozarbayjon poytaxti Bokuda, Suriya prezidenti Ahmad al-Sharaning tashrifi doirasida Suriya va Isroil rasmiylari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Al Arabiya agentligi Damashqdagi diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv 12 iyul, shanba kuni bo‘lib o‘tgan.

Manbaning aytishicha, uchrashuv al-Sharaning rasmiy tashrifi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, Suriya va Isroil o‘rtasidagi hozirgi vaziyat, xususan, Isroilning Suriyadagi so‘nggi harbiy ishtiroki muhokama qilingan.

Shu bilan birga, manbalar ta’kidlashicha, Ahmad al-Shara ushbu uchrashuvda bevosita ishtirok etmagan.

Uchrashuv mazmuni va natijalari bo‘yicha hozircha rasmiy izoh berilmadi.

Kiritildi: 18:54 13.07.2025. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!