Antioksidantlar, vitaminlar va minerallarga boy oziq-ovqatlar, shuningdek, jigar hujayralarining yangilanishiga yordam beradigan yeguliklar ushbu organ salomatligi uchun foydalidir.
Bularga quyidagilar kiradi: sabzavot va mevalar (ayniqsa, sitrus mevalar, rezavorlar), baliq, yog‘siz go‘sht, sut mahsulotlari, dukkakli donlar, yong‘oqlar, sabzovotli qaynatma sho‘rva, pomidor sharbati, zaytun moyi, ko‘katlar, sarimsoq, ko‘k choy.
Jigar muammolari uchun taqiqlangan yeguliklar esa: yuqori kaloriyali va yog‘li
go‘sht mahsulotlari, ko‘p qovurilgan va hamirli taomlar, fast-fudlar, o‘ta yog‘li sut, qaymoq, tvoroglar, turp, oq karam, shokolad, muzqaymoq, nordon mevalar, non mahsulotlari, gazlangan ichimliklar, qahva va achchiq qora choy.
Unutmang, muhim a’zo sanalmish jigar tez-tez va oz-ozdan taomlanishni xush ko‘radi. Och yurish va juda to‘yib ovqatlanish jigarni xafa qiladi.